Trolleyvoz




Trolleyvoz (ing. trolley — kontakt simi va ruscha vozit — tashimoq) — maxsus qurilma (trolley qurilmasi) orqali kontakt tarmoq (koʻchalarga tortilgan sim) dan tok bilan taʼminlanadigan transport vositasi. Trolleybus qatnashi uchun kontakt tarmogʻi yaxshi rivojlangan shaharlarda qoʻllanadi. T.dan muayyan marshrut boʻyicha yuk tashish uchun asosan kechasi (trolleybus yurmaydigan paytlarda) foydalaniladi. Mustaqil ishlashi (simsiz yurishi) uchun baʼzan ichki yo’nuv dvigateli bilan taʼminlanadi. Elektrkuch tizimining tuzilishi boʻyicha trolleybusga, yurish qismi, rul boshqarmasi va tormoz tizimi avtomobilnikiga oʻxshaydi. T.ning tezligi 60 km/soat gacha, yuk koʻtaruvchanligi — 5—8 t. DizelT.lar xam bor.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz