Trofye
Trofye (shuningdek, trofiye, trofi; italyancha: trofie) — Italiyaning turli-tuman makaron mahsulotlari
Trofye vatani — Reccodir (Liguriya mintaqasi). Bu nom, ehtimol, Ligurian strufuggiâ („ishqalamoq“, „surmoq“) soʻzlaridan kelib chiqqan va xamirdan „makaroncha“larni tayyorlashda qoʻlning harakatlarini ifodalaydi. Bular mayda-mayda boʻlakchali, bir oz egilgan shpindel shaklidagi makaronlardir. Makaron donachalari uzunligi odatda 3-4 sm.ni tashkil qiladi. Kichikroq trofiyelar „trofiette“ deb ataladi (italyancha: trofiette).
Anʼanaviy trofiyelar qattiq bugʻdoy uni, suv va tuz solib qilingan xamirdan qoʻlda tayyorlanadi. Unga tuxum qoʻshilmaydi. Biroq, hozirda sanoat shaklida ham ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, kashtan unidan tayyorlanadigan trofie bastarde deb ataluvchi trofiye turi ham mavjud.
Odatda bu makarondan tayyorlangan taom pesto sousi bilan dasturxonga tortiladi. Baʼzan loviya (fasol) va kartoshka bilan birga pishiriladi. Tranida qisqichbaqali trofiyelar ancha mashhur.
Intaliyaning Sori, Belforte Monferrato, Karentino va Montoro kabi ayrim shaharlarida har yili anʼanaviy tarzda trofiye festivallari oʻtkazib kelinadi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org