Trnava




Trnava (slovak.: Trnava, nemischa: Tyrnau, veng.: Nagyszombat, lotincha: Tyrnavia)- Gʻarbiy Slovakiyadagi shahar, Kichik Karpatlarning janubiy yonbagʻirlarida, Trnavka daryosida joylashgan. Trnava arxiyepiskopning qarorgohidir va shuning uchun u koʻpincha Slovakiyadigi Rim deb ataladi. Aholisi taxminan 70 ming kishi. Trnava xuddi shu nomdagi Trnava viloyatining markazi.

Tarixi



Birinchi marta Trnavaning kichik qishloq xoʻjaligi aholi punkti 1211-yilda Estergom arxiyepiskopi maktubida eslatib oʻtilgan. Trnava Slovakiya hududida birinchi boʻlib shahar maqomini olgan. 1238- yilda ularga Vengriya qiroli Bela IV tomonidan berilgan. XIII asrda Trnavada juda zamonaviy va katta qal’a qurilgan. Trnavaning ahamiyati shundan dalolat beradiki, aynan shu yerda venger qirollari boshqa mamlakatlar qirollari bilan uchrashgan. Trnavaning ahamiyati XVI asrda, Estergom arxiyepiskopi turklardan qochib, bu Yerga koʻchib kelganida yanada kuchaydi. Shunday qilib, Bratislava Vengriyaning maʼmuriy poytaxti boʻlgan boʻlsa, Trnava diniy poytaxtga aylandi. 1635-yilda kardinal Piter Pazman Trnava universitetiga asos soldi (Vengriyadagi birinchi). U 1777-yilda imperator Mariya Tereza buyrugʻi bilan Budaga koʻchib oʻtdi va shu tariqa Budapesht universitetiga aylandi.

Ishtvan Bochkai, Gabor Betlen, Dyordj Rakoczi, Imre Tokoly va Ferens II Rakotsi kabi vengriya qoʻzgʻolonchilari shaharni bir necha marta egallab olishgan. Ammo buning strategik ahamiyati yoʻq edi. 1704-yil 26-dekabrda Ferents II Rakotsining kurutsilari Nagyszombat jangida general Xeysterning imperator armiyasi tomonidan magʻlubiyatga uchradilar.

Bu yerda, 1787-yilda slovak maʼrifatparvari Anton Bernolak Trnavada soʻzlashuvchi Trnavsko-Podgorskiy lahjasiga asoslangan adabiy slovak tilining birinchi variantini yaratdi. 1793- yilda bu yerda Slovakiya olimlar jamiyati tashkil topdi. Shahar devorlari 1820-1840 yillarda buzib tashlangan. 1846-yilda Bratislava va Trnava oʻrtasida umumiy foydalanishdagi temir yoʻl qurildi.

1918-yilda Chexoslovakiya davlati tashkil etilgandan soʻng, Trnava uning tarkibiga kirdi va hozirgi kungacha saqlanib qolgan sanoat markazlaridan biriga aylandi.

Sport



2002-yilda shaharda oʻsmirlar oʻrtasida xokkey boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

Diqqatga sazovor joylar




Qardosh shaharlar



Trnavaning qardosh shaharlari :

Yana qarang




Eslatmalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz