Türkmen Owazy




Türkmen Owazy (Turkman ovozi) — Turkmanistonning musiqiy telekanali. 2009-yil 1-yanvardan boshlab „TürkmenÄlem 52°E“ sunʼiy yoʻldoshi orqali kunu-tun rejimida uzatila boshlagan. Turkmaniston televideniyesining beshinchi telekanalidir. Efir turkman tilida olib boriladi.

Telekanal shtab kvartirasi Ashxobod shahrida joylashgan.
Telekanal Turkmaniston televideniyesi Bosh direksiyasi tomonidan tashlik etilgan boʻlib, Turkmaniston Davlat televideniye, radiouzatish va kinematografiya qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi. Telekanal turkmanistonlik baxshilar, musiqachilar va qoʻshiqchilarining eng yaxshi ijod namunalarini ommalashtirish va turkman sanʼatkorlari erishayotgan yutuqlarni dunyo hamjamiyatiga koʻrsatish maqsadida ochilgandir.

Tarixi



2008-yil 17-dekabrda Vazirlar Mahkamasi yigʻilishida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov „Türkmen Owazy“ nomli yangi telekanal tashkil etilishi toʻgʻrisidagi farmoyishga imzo chekdi.
2009-yil 1-yanvardan boshlab efirga uzatishni boshlagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz