Trixlormetan




Xloroform , trixlormetan, CHCl — oʻtkir hidli, shirin taʼmli, rangsiz suyuklik. Suyuqlanish temperaturasi —63,5°, qaynash temperaturasi 61,2°, zichligi 1148 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar (spirt, efir va boshqalar) bilan aralashadi. Yorugʻlikda havo kislorodi taʼsirida astasekin parchalanib fosgen, xlor, vodorod xlorid va chumoli kislota hosil qiladi. Xloroformni barqarorlashtirish uchun unga 1% li etil spirta qoʻshiladi. Xloroform metan, atseton yoki spirtni xlorlab olinadi. Freonlar sintezida boshlangʻich xom ashyo hisoblanadi. Narkotik moddalar guruhiga mansub. Tibbiyotda narkoz, sanoatda erituvchi sifatida qoʻllanadi.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz