TRIUMVIRAT
TRIUMVIRAT (lotincha tres — uch va vir — erkak) — qad. Rimda fuqarolar urushi davrida (miloddan avvalgi 1-asr) atoqli siyosiy arboblar va sarkardalarning davlat hokimiyatini egallash uchun tuzgan Ittifoqi. 1-Triumvirat miloddan avvalgi 60 (yoxud 59) — 53 yillarda Yu. Tsezar, G. Pompei va M. Krase o’rtasida, 2- Triumvirat miloddan avvalgi 43— 36 yillarda (rasman 31 yilgacha) Oktavian (avgust), M. Antoniy va M. Lepid o’rtasida tuzilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz