TRITONLAR



TRITONLAR (Triturus)— salamandrasimonlar oilasiga mansub dumli amfibiyalar urug’i. 9 turi ma’lum. Tanasining uzunligi 18 santimetrcha. Yevropada Osiyoning Yevropa bilan chegaradosh joylari va shimoliy Amerikada tarqalgan. Asosan, o’rmonlarda, odatda, toshlar, yiqilgan daraxtlar tagida va boshqa yerlarda qishlaydi, bahorda oqmaydigan yoki sekin oqadigan suv havzalariga o’tib, tuxum qo’yadi. Suvdagi mayda qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, suv hasharotlari, baqa uvildirig’i bilan, quruklikda esa o’rgimchaklar, hasharotlar va boshqalar bilan oziqlanadi. O’rta Osiyoda uchramaydi, ayrim turlari (masalan, Tarokli Tritonlar) akvariumda boqiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz