Tritiy




Tritiy (yun. tritos, lot. Tritium), T. (yoki 3N) — vodorodning massa soni 3 boʻlgan radioaktiv izotopi. 1934-yilda ingliz olimlari Ernest Rezerford, M.L. Olifant va P. Xarteklar kashf qilishgan. Tritiy yadrosi 1 ta proton va 2 ta neytrondan iborat. Tritiy faol, yarim yemirilish davri T1/2q 12,26 yil Tabiatda atmosferaning yuqori qatlamlarida kosmik nurlar neytronlarining azot atomlariga taʼsir etishidan hosil boʻladi va yomgʻir bilan yer yuziga tushadi. Tritiy yadro reaktorlarida litiy 6Li ni neytronlar bilan nurlatib olinadi(3 LiQnq “,TQ 2 Ne ). Tritiy termoyadro sintezi reaksiyalarida muhim komponent sifatida, shuningdek, kimyoviy, biologik va gidrologik tadqiqotlarda ishlatiladi.

Yana qarang




Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz