Trishneet Arora




Trishneet Arora (1993-yil 2-noyabrda tugʻilgan) TAC Security kiberxavfsizlik kompaniyasi asoschisi va bosh ijrochi direktori. U 2018-yilda Forbesda eʼlon qilingan 30 yoshgacha boʻlgan Osiyolik ishbilarmonlar roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdej Fortune India 40da 2019-yilgi Hindistonning eng kuchli ishbilarmonlari roʻyxatiga kiritilgan.

Faoliyati



Arora korporatsiyalarni tarmoq zaifliklari va maʼlumotlar oʻgʻirlanishidan himoya qiluvchi TAC Security kiberxavfsizlik kompaniyasiga asos soldi. Ushbu kompaniya tezda shuhrat qozongan. Uning mijozlaridan baʼzilari: Reliance Industries, Markaziy Tergov Byurosi, Panjob politsiyasi (Hindiston) va Gujarat politsiyasi hisoblanadi. U Panjob va Gujarat politsiyasiga kiber jinoyatlarni tergov qilishda yordam beradi, buning uchun rasmiylar bilan treninglar oʻtkazdi.

Arora kompaniyasi asosan zaiflikni baholash va penetratsion test xizmatlarini taqdim etadi. Arora maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda kompaniyalar portallariga hujumlar soni ortgan.

Mukofotlar va eʼtirof



Trishneet Arora 2022-yilda Global Leader of Tomorrow mukofotini qoʻlga kiritgan. Bir necha marotaba davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Xakerlik va veb xavfsizligi boʻyicha bir nechta kitoblar muallifi hisoblanadi. 2015-yilda PCHB tomonidan Panjabi Icon mukofotiga sazovor boʻlgan. Panjob bosh vaziri Parkash Singx Badal Respublikaning 65 yilligi munosabati bilan Aroraga „Davlat mukofoti“ni topshirgan.

Biografik film



Kinorejissyor Sunil Bohra Arora haqidagi biografik film ustida ishlamoqda. Hansal Mehta filmga rejissyorlik qiladi va hozirda ssenariy ustida ishlamoqda.

Shaxsiy hayoti



Trishneet faol investor sifatida startaplarga sarmoya kiritadi. Yosh ishbilarmonlarga yordam beradi va oʻz safiga qoʻshadi. 2020-yilda Oneiric onlayn oʻyin kompaniyasiga sarmoya kiritdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz