Tripura





Tripura (bengalcha: ত্রিপুরা, inglizcha: Tripura) — Hindistonning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 10,5 ming km². Aholisi 3,2 mln. kishi (2001), aksari kismi bengallar. Maʼmuriy markazi va eng katta shahri — Agartala. Tripura Gang Braxmaputra deltasi havzasida joylashgan. Sharqiy va janubiy qismida Lushay togʻlari tarmoqlari bor. Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Togʻlar doim yashil va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Aholisi, asosan, dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Sholi, jun, paxta, shakarqamish ekiladi. Choy plantatsiyalari bor. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi mayda korxonalar mavjud.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz