Trinitarlar
Trinitarlar (latin tilida-trisa)-12 asr oxirida asos solingan «muqaddas troisa», katolik monaxlik ordenlari a’zolari. Troisa so‘zi uchlik degan ma’noni bildirib, Xristianlik ta’limotiga ko‘ra xudo muqaddas uchlikda, ya’ni troisada- Ota xudo, o‘g‘il namoyon bo‘ladi. Diniy ta’limot bo‘yicha xudo uch qiyofali, lekin yagonidir. 1609-yildagi boshlab trinilar ordenida tarki dunyochilik g‘oyalariga katta e’tibor qaratilib, bu orden o‘z davridagi gadolik ordenlaridan biri bo‘lib hisoblangan. Trinitarlar ordenning asosiy vazifasi musulmonlarga asir tushgan xristianlarni sotib olib, ularni ozod qilishdan iborat bo‘lgan. Trinitarlar umumiy monaxlik talablariga rioya etganlar, go‘sht iste’mol qilganlar, o‘zlarining mol-mulklaridan vos kechganlar. Yevropada katolik cherkovining mavqei kuchaygan III davrida Trinitarlar papasining rag‘bati bilan mavjud feodal tartiblarni faol qo‘llab-quvvatladilar. XII asrda, Reformatsiya davrida Trinitarlarning ta’siri sezilarli darajada kamayib borib, 18 asr oxirida esa orden amalda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Trintarlarning g‘oyalari ayrim monastirlarda saqlanib qolgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org