Trinidad ngan Tobago




Trinidad va Tobago (Trinidad and Tobago), Trinidad va Tobago Respublikasi (Republic Trinidad and Tobago) — Karib dengizidagi Trinidad va Tobago orollarida joylashgan davlat. Maydoni:5128 ming km². Aholisi: 2867848 mln. kishi (2023). Poytaxti Port-of-Speyn shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 graflik (county)ra bo‘linadi.

Davlat tuzumi



Trinidad va Tobago — respublika, Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-yil qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2003-yildan Maksuell Richardo). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (senat va vakillar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Aholisi



Aholisining 60% negr va mulatlar, 37% hindlar, 1% xitoylar, 1%yevropaliklar. Rasmiy til — ingliz tili. Aholining koʻpchiligi xristian; hindlar hinduizmga ibodat qiladi. Shahar aholisi 71,8%. Yirik shaharlari: PortofSpeyn, SanFernando, Arima.

Tarixi



Trinidad va Tobago orollarida qadimdan indeyslar yashab kelgan. 15-asrda orollarga yetib kelgan ispanlar bu yerni mustamlakaga aylantirdi, mahalliy aholining deyarli hammasini qirib tashladi. 1797-yil inglizlar Trinidadni bosib oldi va u 1802-yildan rasman Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1814-yil Tobago ham inglizlar mulkiga aylandi. Shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan qoratanli qullar keltirildi. 1834-yil qulchilik bekor qilingach, qoratanlilar plantatsiyalarni tashlab ketishdi. Ularning oʻrnini toʻldirish uchun Hindiston, Xitoy, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan shartnoma asosida ishchilar keltirila boshladi. 1866-yil Trinidadda neft konlari ochilishi tufayli sanoat rivojlana boshladi, ishchilar tashkilotlari tuzildi. 1899-yil Tobago maʼmuriy jihatdan Trinidadga birlashtirildi. Ikkinchi jahon urushi davri va undan keyin orollarda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1950-yil Trinidad va Tobagoga ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berildi. 1958—62 yillarda mamlakat Buyuk Britaniya tuzgan VestIndiya Federatsiyasi tarkibida boʻldi. 1962-yil 31 avgustdan Trinidad va Tobago Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. 1976-yil 1 avgustda respublika deb eʼlon qilindi. Trinidad va Tobago — 1962-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 avgust — Mustakillik kuni (1962).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari



Xalq milliy harakati, 1956-yil tuzilgan; Kaita qurish uchun milliy ittifoq, 1986-yil asos solingan; Birlashgan milliy kongress, 1989-yil tashkil etilgan. Milliy kasaba uyushma markazi, 1991-yil tuzilgan.

Xoʻjaligi



Trinidad va Tobago industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 44%, qishloq xoʻjaligi.ning ulushi 2,2%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 53%.

Sanoatida neft qazib chiqarish hamda neftni qayta ishlash iqtisodiyotning asosini tashkil etadi (oʻz neftidan tashqari Venesuela, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlardan keltirilgan neftni qayta ishlab, neft mahsulotlari va kondensat ishlab chiqariladi). Tabiiy gaz, asfalt va gips qazib olinadi. Metallurgiya, neft kimyosi, kimyo, farmatsevtika, poligrafiya, sement, oyna, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand ishlab chiqarish.) korxonalari bor. Poʻlat va alyuminiy ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 4,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi suyet rivojlangan va u mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Shakarqamish, kakao, kofe, tamaki, kokos palmasi, banan, sitrus mevalar ekiladi. Asosiy oziq-ovqat ekini — sholi. Krramol, choʻchqa, echki boqiladi. Baliq ovlanadi. Kimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Avtomobil yoʻllari uz. 8,2 ming km. Asosiy dengiz porti — PuentaPyer. Xorijiy turizm rivojlangan. Chetga neft va neft mahsulotlari, qandshakar chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, sanoat mollari, xom neft, mashina va uskunalar oladi. AQSH, Buyuk Britaniya, Karib xavzasi mamlakatlari bilan savdo kiladi. Pul birligi — Trinidad va Tobago dollari.

Maorifi, madaniymaʼrifiy muassasalari



Trinidad va Tobagoda davlatga qarashli maktablardan tashqari xususiy maktablar ham bor. Davlat maktablarida oʻqish bepul. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Zamonaviy taʼlim tizimi 7 yillik boshlangʻich maktab va 5 yillik oʻrta maktabdan iborat. Boshlangʻich taʼlim—majburiy. PortofSpeyn yaqinida VestIndiya universitetining Trinidad boʻlimi bor. PortofSpeyn va SanFernandoda politexnika institutlari ochilgan. Port-of-Speynda Trinidad va Tobago Markaziy va Ommaviy kutubxonasi, VestIndiya universiteti Trinidad boʻlimining kutubxonasi, milliy muzey va galereya mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi



Yirik gazetalari: "Trinidad gardian" ("Trinidad posboni", kundalik gazeta, 1917-yildan), "Trinidad end Tobago gazett" ("Trinidad va Tobago gazetasi", hukumat haftanomasi, 1882-yildan), "Trinidad end Tobago ekspress" ("Trinidad va Tobago shoshilinch xabarlari, kundalik gazeta, 1967-yildan), "Nyusdey" ("Kun yangiliklari", kundalik gazeta, 1993-yildan), "Sandi gardian" ("Yakshanba posboni", haftanoma, 1917-yildan). Milliy agentligi yoʻq. Radioeshittirish 1947-yildan ("Neshnl brodkasting netuork limited" hukumat mahkamasi, 1957-yil tashkil etilgan), telekoʻrsatuv 1962-yildan ("Trinidad end Tobago televiji kompani limited" tijorat xizmati, 1962-yil tashkil etilgan) olib boriladi.

Adabiyoti



Trinidad indeyslarining folklori hozirgacha deyarli saklanib krlmagan. Negrlarning bu yerda toʻqigan va ijtimoiy mazmun bilan sugorilgan "kalipso" qoʻshiklari xalq ogʻzaki ijodining namunalaridir. Zamonaviy adabiyot ingliz tilida vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatining kuchayishi adabiyotning kamol topishiga samarali taʼsir qildi. R.de Buassyer va S. Selvonning ijtimoiy mavzudagi romanlari dastlabki salmokli asarlardir. Taniqli yozuvchi V. S. Neypolning "Elvirdagi saylov" (1958), "Taklidchilar" (1967), "Mister Bisvasga atalgan uy" (1961), "Partizanlar" (1975), "Dare oʻzani" (1979) kabi romanlarida VestIndiyadagi voqelikni zaharxanda bilan tanqid qiladi. Mustaqillik yillarida I. Xan, M. Entoni, E. Lavles kabi isteʼdodli adiblar adabiyotga kirib keldi. G. Telemak, E. Rouch, D. Uolkott (1970-yillardan nazmda ijod qilgan) kabi shoirlar mashhur. D. Uolkott, E. Xill, E. Jon esa dramaturgiyani rivojlantirdilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati



Mustamlaka davri meʼmoriy yodgorliklaridan Tobago orolda yevropaliklar qurgan Jeyms qalʼasi (1666) xarobasi saklanib qolgan. 19-asr boshlaridan klassitsizm va qorishiq meʼmorlik uslubidagi jamoat binolari, xos uylar, cherkovlar kurildi (PortofSpeyndagi Yepiskop saroyi, Oll Sents sobori va boshqalar). 20-asrning 20-yillarida hind va musulmon ibodatxonalari (SentJofer shahridagi masjid) barpo etiddi. Shaharlarda pastqam yogʻoch uylar koʻp uchraydi. Tasviriy sanʼat 19-asrning 2yarmidan rivojlana boshladi. 20-asrning tanikdi rassomlari orasida J. M. Kazabon, A. Kodalo, M. Uayk, J. Farrel, J. Kramvell, K. Changlar bor. Kad. xalq hunarmandchiligida Aravak indeyslarining keramika, gazmol, bezak buyumlari saklangan, anʼanaviy karnaval bayramlariga liboslar tayyorlash odati davom etib keladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Trinidad va Tobago – bu Karib okeanidagi ikki oroldan iborat bo‘lgan suveren davlatdir. U G'arbiy Hind orollari hududiga kiradi va Shimoliy Amerika qit'asining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. Trinidad va Tobago mamlakatining tarixi, madaniyati, iqtisodi va tabiati haqida uzunroq ma'lumot quyidagicha:

Geografiya va joylashuvi

Trinidad va Tobago ikki asosiy oroldan iborat – Trinidad eng katta va aholisi ko‘p orol bo‘lib, janubiy qismda joylashgan. Tobago esa kichikroq orol bo‘lib, Trinidaddan shimoli-sharqda joylashgan. Mamlakat Karib dengizi va Atlantika okeani o‘rtasida joylashgan bo‘lib, Venesuela qirg‘og‘idan deyarli biri-biriga yaqin.

Tarixi

Trinidad va Tobago tarixiga ko‘plab madaniyatlar va xalqlar ta'sir ko‘rsatgan. Boshida bu hudud asli amerikalik hindular – Karib va Arawak qabilalarining yashash joyi bo‘lgan. 15-asr oxirida Kristofer Kolumb bu orollarni kashf eta boshladi.

Orqadan kelgan ispan mustamlakachilari Trinidadni egalladi, ammo Tobago bir necha marta ingliz, fransuz, golland va shved mustamlakalarining qo‘liga o‘tdi. 1802-yilda Tobago inglizlar tasarrufiga o‘tdi va 1889-yilda Trinidad bilan birlashtirildi. 1962-yilda Trinidad va Tobago mustaqil davlatga aylandi.

Aholi va madaniyat

Trinidad va Tobagoda ko‘p millatli va ko‘p madaniyatli jamiyat mavjud. Asosan hindlar, afrikaliklar, evropaliklar, arablarga mansub odamlar yashaydi. Hind va afrikalik meros mamlakat madaniyatida muhim o‘rin tutadi.

Madaniyatida musiqiy an'analar juda kuchli – calypso, soca, chutney va steelpan musiqa janrlari juda mashhur. Trinidad va Tobago Karib mintaqasining eng mashhur karnavallaridan biriga ega. Karnaval har yili katta shov-shuv bilan nishonlanadi va turli-rang liboslar, raqslar va musiqalar bilan o‘tkaziladi.

Diplomatiya va siyosat

Trinidad va Tobago parlament tizimiga ega bo‘lib, Angliya qirolligining sobiq mustamlakasi sifatida parlament monarxiyasi shaklida boshqariladi. Prezident davlat rahbari bo‘lsa, bosh vazir hukumat boshlig‘i hisoblanadi. Mamlakat Jahon Savdo Tashkiloti, Birlik davlatlari va boshqa xalqaro tashkilotlarning faol a’zosidir.

Iqtisodiyot

Trinidad va Tobagoning iqtisodiyoti energetika sohasiga asoslangan. Mamlakat neft va tabiiy gaz qazib chiqarishda Karib mintaqasining yetakchi hisoblanadi. Energetika resurslari honadonchilik, sanoat va eksportning asosini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi (shakarqamish, kokos yong‘og‘i), xizmat ko‘rsatish sohasi, turizm ham ekonomika uchun muhim hisoblanadi. Trinidad va Tobago o‘zining energetika resurslari tufayli boshqa Karib davlatlariga nisbatan yuqori daromadga ega.

Tabiat va sayyohlik

Trinidad va Tobago o‘zining boy biologik xilma-xilligi bilan ham juda mashhur. Baliqlar, qushlar, o‘simliklar dunyosi juda rang-barang. Trinidad orolidagi botqoq va yomg‘ir o‘rmonlari ko‘plab noyob hayvonot turlariga muhim yashash joyi. Tobago esa asosan plyajlar va dengiz bo‘ylari bilan mashhur.

Sayyohlar uchun snorkeling, sho‘ng‘ish, plyajda dam olish, milliy bog‘larni ziyorat qilish imkoniyatlari mavjud. Trinidad va Tobago tropik iqlimga ega bo‘lib, yil davomida iliq va nam atmosferasi bilan dam olish uchun qulay makondir.


Agar Trinidad va Tobago haqida qo‘shimcha ma’lumot yoki ma’lum bir soha bo‘yicha batafsilroq ma’lumot kerak bo‘lsa, marhamat, so‘rashingiz mumkin!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz