Trilateratsiya




Trilateratsiya (lot. trilaterus uch tomonli) (geodeziyada) — tayanch geodezik punktlarni aniqlash usuli. Muayyan joyda bir-biri bilan ketma-ket oʻzaro bogʻlangan uchburchaklar zanjiri yoki tarmogʻini yasash va bu uchburchaklarning har birida barcha uch tomonni oʻlchashdan iborat. Bu uchburchaklarning burchaklari va choʻqqilarining koordinatalari trigonometrik hisoblashlar orqali topiladi. Uchburchaklarning tomonlari radio uzoklik oʻlchagichlar yoki elektroptik uzoklik oʻlchagichlar yordamida oʻlchanadi. T.ning vazifasi ham xuddi triangulyatsiyanishga oʻxshaydi.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz