Trikotaj o‘rilishi




Trikotaj o‘rilishi

Trikotaj o‘rilishi bo‘yicha 4 sinfga bo‘linadi:

1.  Bosh o‘rilish – odiy o‘rilish.

2.  Hosila o‘rilish.

3.  Naqshli o‘rilish.

4.  Tukli o‘rilish.

Bu o‘rilishlar bir qavatli va ikki qavatli bo‘ladi. Agar trikotajning bir tomonida xalqlar o‘ng yoki teskari tomoni bilan joylashsa bir qavatli trikotaj hosil bo‘ladi. Agar trikotajning har bir tomonida xalqalar o‘ngga va teskarisiga qarab joylashsa, ikki qavatli trikotaj hosil bo‘ladi.

Bu o‘rilishlar ko‘ndalang o‘rilish va tanda o‘rilishga bo ‘linadi. Ko‘ndalang o‘rilish trikotajda bir qatordagi hamma xalqalar bita ipdan hosil bo‘ladi. Tanda o‘rilishdagi trikotajning qatori bir qancha iplardan hosil bo‘ladi.

Halalarning o‘zaro o‘rilishi bilan trikotaj to‘qimasi hosil bo‘ladi. Gorizontal bo‘yicha joylashgan halqalar, halqalar qatorini hosil qiladi. Halqalar bir – biriga tizilib vertikal bo‘yicha joylashsa, halqalar ustunini hosil qiladi. Bir qavatli ko‘ndalang o‘rilish trikotajga “glad” kiradi. Glad (silliq) eng ko‘p tarqalgan o‘rilish bo‘lib hisoblanadi. Ichki kiyim, paypoq maxsulotlari (glad) o‘rilishi bilan olinadi.O‘rilishi – yengil lekin, ipi uzilsa o‘rilish tuzib ketadi. Matoni bichish vaqtida qirg’oqlari buraladi, tikish tayoqchalari yaxshi ko‘rinadi. Teskari tomonidan igna yoylari yaxshi ko‘rinadi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz