Trichoptera
Buloqchilar , tuk qanotlilar (Trichoptera) — hasharotlar turku mi. Oʻrtacha kattalikda, baʼzan yirik (70 mm gacha) boʻlib, tashqi koʻrinishi kapalaklarni eslatadi. Qanotlari mayda tuklar yoki tuksimon tangachalar bilan qoplangan. Qoʻngakida qanotlari qornini ikki yon tomondan yopib turadi. Ogʻiz organlari xilmaxil tuzilgan, ayrim turlarida soʻruvchi hartumcha shaklida boʻlib, shudring yoki nektar soʻrishga moslashgan. Koʻpchilik turlari voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi; tuxum qoʻygach oʻladi. Urugʻlangan urgʻochi B. suvga toʻptoʻp qilib yoki shilimshiq ipchalar shaklida tuxum qoʻyadi. Qurtlari suv tubida choʻp va qumdan yasalgan "uycha"larda hayot kechiradi, traxeya orqali nafas oladi. 3000 ga yaqin turi maʼlum. Koʻpchilik turlarining qurtlari togʻ mintaqalaridagi daryo va koʻllarda uchraydi, baliqlarning asosiy ozigʻi hisoblanadi. Ayrim B. qurtlari sholi maysalarini yeb, ziyon keltiradi (UzoqSharq, Yaponiya). Oʻzbekistonda 50 ga yaqin turi uchraydi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org