Treron
Treron — kaptarlar oilasiga mansub qushlar turkumi. Uning aʼzolari odatda
yashil kaptarlar deb ataladi. Turkumga mansub turlar asosan Osiyo va Afrikada tarqalgan. Ushbu turkum 30 turni oʻz ichiga oladi, ular yashil rangi bilan ajralib turadi. Yashil kabutarlar turli xil mevalar, yongʻoqlar va urugʻlarni isteʼmol qiladi. Yashil kaptarlarning koʻp turlarida jinsiy dimorfizm mavjud.
Xulq-atvor
Yashil kabutarlar odatda guruhlarda yashaydilar, lekin ko‘payish vaqtida to‘da tarqalib ketadi. Bu qushlar odamlardan uzoqda, yovvoyi muhitda yashashni yaxshi koʻradilar. Ammo bugungi kunda ularni shahar va qishloqlar chekkasida odamlar bilan birga yashashi aniqlangan.
Uya qurish
Ularning uyasi oddiy kaptarlarga oʻxshash novdalar va kichik shoxlardan quriladi. Qushlar uyani 12–20 ft (3.7–6.1 m) balandlikda quradi va rangi bilan daraxtning bir boplagiga o‘xshab ketadi. Uyalaridan biri Hindistonning Rajasthan shahridagi Neem daraxtidan topilgan, uyali o‘z ko‘rinishi bilan daraxtdan deyarli ajralib turmagan.
Qushlar uya qurgandan keyin 4-5 kun oʻtgach tuxum qoʻyadi, jo‘jalar 15-17 kun ichida yorib chiqadi. Jo‘jalarni ota-ona qushlar teng boqadi.
Taksonomiya
Treron turkumi 1816-yilda fransuz ornitologi Lui Jan Per Vieillot tomonidan qalin tumshuqli yashil kaptar (Treron curvirostra) turi asosida tavsiflangan. Turkum nomi qadimgi yunoncha trērōn so‘zidan olingan bo‘lib „kabutar“ yoki „kaptar“ degan maʼnoni anglatadi.
Jins 30 turdan iborat:
Manbalar
uz.wikipedia.org