Tírana
Tirana (Tiranë) — Albaniya poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Adriatika dengizidan 40 km masofada, togʻ oraligʻidagi vodiyda joylashgan. Tirana retining maʼmuriy markazi; alohida maʼmuriy birlik. Aholisi 245 ming kishidan koʻproq (1990-yillar oʻrtalari). Iklimi subtropik, iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, yanvarniki 4–5°. Yillik yogʻin 1350 mm dan koʻproq.
Tirana – transport yoʻllari tuguni. Transport yoʻli orqali Durres porti bilan bogʻlangan. Shahar yaqinida Rines aeroporti bor. Tirana va uning atrofidagi korxonalarda mamlakat sanoat mahsulotining 1/5 qismi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, metallsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat. Shuningdek, oynakeramika va koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Tirana – yogʻoch, kumush, keramikaga badiiy ishlov berish markazi.
Tirana qoʻlyozmalarda kichik manzilgoh sifatida 15-asrdan tilga olingan. 17-asr boshida shahar barpo qilingan. 1920-yildan Albaniya poytaxti. Tirana binolari qad. Sharqqa xos uslublarda qurilgan eski va zamonaviy yangi qismdan iborat. Iskandarbek maydoni atrofida hukumat idoralari, maʼmuriy binolar joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid (17-asr) va minora saqlangan. Universitet (1957), Albaniya Fanlar Akademiyasi, intlar, milliy tarix muzeyi, tasviriy sanʼat galereyasi va boshqa bor. Tirana yaqinidan kumir kazib olinadi.
Havolalar
uz.wikipedia.org