TOZALIK SINFLARI



TOZALIK SINFLARI – metallarga ishlov berishda ularning sirti tozaligi (silliq va g’adirbudirlik darajasi)ni hisobga olish uchun belgilanadigan me’yorlar; ishlov berilgan sirtlarning sifat ko’rsatkichi. Ishlov berilgan sirtlarning relefi (qiyofasi)ni hosil qiluvchi notekisliklar majmui sirt g’adirbudirligi deb ataladi. Tozalik sinflari metallar sirtidagi mikronotekisliklarning g’adir-budirlik o’rta chizig’idan og’ishi va notekisliklar balandligi bilan ifodalanadi. O’zbekistonda 14 Tozalik sinflari belgilangan. Tozalik sinflari standartlashtiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz