TO’Y QO’SHIQLARI — marosim folklori sirasiga kiradigan va to’y marosimlarida ijro etiladigan qo’shik,lar. To’y qo’shiqlari nikoh to’yi, sunnat to’yi, beshik to’yi, ism to’yi kabi tizimlarga ega. O’zbek To’y qo’shiqlarining asosiy qismini nikoh to’yi qo’shiklari tashkil etadi. Nikoh to’ylari xilma-xil irim-sirim, rasm-rusumlarga boy bo’lib, ularning har bir uzvida maxsus aytim va qo’shiqlar muhim ahamiyatga ega. Yor-yor, yor-yor Yoroney, kelin salom, kuyov salom, o’lan, to’y olqishlari To’y qo’shiqlarining yetakchi janrlari hisoblanadi. O’zbek To’y qo’shiqlari alohida bir tizim bo’lib, undagi har qaysi janrning umummarosim tarkibida muhim o’rni va vazifasi mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish