Tovus nega patlarni yoyadi?
Tovus patlarini yoyganda qushlar ichida eng ko’rkamiga aylanadi. Bu manzaradan odamlar qanchalar zavq to’yib kelayotganini tasavvur eta olasizmi? Qadim zamonlarda yunonlar va rimliklar tovusni muqaddas deb bilishgan. Ammo bu rimliklarning tovus go’shtini iste’mol qilishiga xalaqit bermagan! Tovusning vatani Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyodir. Tovuslarning ikki turi mavjud bo’lib, ular tustovuqlar avlodidandir. Tovuslarning qanotlarini yoyib va mag’rur qiyofada yurishidan “tovus kabi mag’rur”, degan ibora paydo bo’lgan. Ammo bu qiyos tovusga nisbatan hech to’g’ri kelmaydi. U juftlashish davrida boshqa qushlarday sira mag’rur bo’lmaydi. Makiyon tovus o’zining ulug’vor patlarini faqat xo’rozi uchun yoyadi. Odatda, aynan makiyoni ancha yorqin rangli va “manaman” degan qiyofaga ega bo’ladi. Tovuslar boshqa qushlarga nisbatan juda ulug’vor rangga ega. Uning boshi, bo’yni va ko’kragi yashil va zarhal nozik rangli to’q qizil tusda bo’ladi. Boshini 24 ta oqishroq pati o’rab oladi. Yelkasi yashil, qanotlari esa misday tovlanadi. Makiyon tustovuqning ajralib turadigan tomoni, albatta, etagi yoki dumidir. Tovusning bo’yi 2,25 metr atrofida bo’ladi, uning ham taxminan 1,5 metrini dum tashkil etadi. Dum o’zida ko’k, yashil va zarhal ranglar aralashmasini ifoda etadi. Dumining har yog’ida “ko’zdan” iborat to’g’ri naqshlar bo’lib, ular rangini o’zgartiradi. Etak kaltaroq qattiq patlar bilan ko’tarilgan holda tutib turiladi. Tovusning xo’rozi kichikroq va vazmin rangli bo’ladi. Uning etagi yo’q, faqatgina xira kokilchasi mavjud. Makiyoni, ko’pincha, xunuk pushti rangda o’nta tuxum qo’yadi. Tovuslarni asosan chiroyi va patlari uchun parvarishlashadi.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz