TOVUS — osmonning Janub yarim sharida joylashgan yulduz turkumi. Birinchi marta Tovusning nomi nemis olimi I. Bayerning (17-asr) “Uranometriya” deb nomlangan atlasida uchraydi. Tovusda oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan 10 ta eng yorug’yulduzlarining ko’rinma yulduz kattaliklari 2 dan 4,5 gacha boradi. Gorizontdan balandga ko’tarilmasligi sababli, O’zbekiston hududida ko’rinmaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish