TOVARLARNI KIMYOVIY TARKIBI ASOSIDA TASNIFLASH VA SERTIFIKATLASH



TOVARLARNI KIMYOVIY TARKIBI ASOSIDA TASNIFLASH VA SERTIFIKATLASH – kimyo fanlari tizimida yangi fan. Birinchi marta professor I.R.Asqarov va T.T.Risqiyev tomonidan taklif etilgan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK da ma’qullangach, O’zbekiston fan va texnika Davlat qo’mitasining 1997 yil 15 iyuldagi 14-sonli qarori asosida 02.00.22-shifr bilan dunyo kimyo fanlari qatoridan joy olgan. Ushbu yangi ixtieoslik bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga texnika va kimyo fanlari bo’yicha nomzodlik va Doktorlik ilmiy darajalari hamda katta ilmiy xodim, dotsent, professor ilmiy unvonlari beriladi. Endi barcha tovarlarni tasniflash va ularga sertifikatlar berilishida har bir tovarning kimyoviy tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tovarlarga xalqaro kod raqamlari berishda hamda tovarlarga gigienik, fitosanitar, karantin, veterinar, muvofiqlik va boshqa sertifikatlar berishda tovarning kimyoviy tarkibi asos qilib olinishi kuzda tutiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz