TO’TI BALIQLAR, skarsimon baliqlar (Scaridae) — olabug’a baliqlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Uzunligi bir necha o’n santimetrdan 2 metrgacha va ba’zan ko’proq. Oldingi tishlari birlashib, to’ti tumshug’iga o’xshash shaklni hosil qiladi (nomi shundan). Bunday “tumshuq0” Qar qaysi jag’da ikkitadan bo’ladi. Ba’zan tashki qoziq va oziq tishlar ham bor. Chiroyli rangli, o’sish davomida rangini bir necha marta o’zgartiradi. 10 urug’i, 80 turi ma’lum. Tropik dengizlardagi korall riflarida yakka yashaydi. Kechasi shilimshiq moddadan iborat g’ilofga o’ralib oladi; kunduzi faol hayot kechiradi. Germafrodit. Korallar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Tishlari yordamida riflarni uzib olib, chaynab maydalaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish