Toshbaqalar qanday bo’ladi?
Dengiz, chuchuk suv va quruqlikda yashaydigan toshbaqalarning hammasi tashqi zirh bilan qoplangan, tangachasimon terisi va dag’al, qotib ketgan burni bo’ladi. Ularning hammasi o’pkasi bilan nafas oladi va ikki: tashqi va ichki qismdan iborat zirhga ega. Mana shu oraliqda toshbaqa boshi va bo’ynini, dum va panjalarini tashqariga cho’zib chiqarishi mumkin. Toshbahalarning ko’zi, ta’m va hid sezgisi o’tkir bo’ladi, ammo juda yomon eshitadi. Toshbaqalarning aksariyati har xil ovqatlarni yeydi. Urg’ochi toshbaqalar shipillaydigan ovoz chiqarsa, narlari qandaydir “angillagan” tovush chiqaradi. Ayrim katta quruqlik toshbaqalari hatto irillay oladi! Mavjud toshbahalarning eng kattasi dengizda yashaydigan, terisi qalin toshbaqadir. Uning og’irligi 450 kilogrammga yaqin bo’ladi, eng yiriklarining bo’yi 2 metrgacha yetadi va 680 kilogramm tosh bosadi. Toshbaqa sho’rvani dengiz toshbaqalariga mansub sanalgan yashil toshbaqa go’shtidan tayyorlashadi. U tropik dengizlarda yashaydi va 250 kilogramm tosh bosadi. Karetta deb nomlangan boshqa bir dengiz toshbaqasining muguz zirhi juda qimmatbahodir. U dengiz toshbahalari orasida eng kichigidir, bir metrdan oshadiganlarini juda kam ko’rasiz. Uning zirhi alohida-alohida, taram-taram sariq yo’lli shaffof to’q pushti muguz lappaklardan tashkil topgan. Shimoliy Amerikadagi eng yirik toshbaqa grif toshbaqasi sanalib, Missisipi daryosi bo’ylarida yashaydi. Uning og’irligi 70 kilogrammgacha chiqadi, dumlari uzun va og’ir, jag’lari kuchli va o’tkir. Shimoliy Amerika quruqliklarida o’rmon toshbaqasi keng tarqalgan bo’lib, uning terisi och qizil tusda. Uni qo’lga o’rgatsa bo’ladi, qo’ldan ovqat yeydi. Toshbaqalar qishda ariqlar tubida va yerdagi uyalarida uyquga ketadilar. Toshbaqalar 200 yil va undan ham ko’proq yashashi mumkin!
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz