TO’SHAK QANDALASI, taxta qandalasi (Cimex lectularius) — qandalalar turkumi parazit qandalalar oilasiga mansub hasharot turi. Yer yuzining hamma joyida tarqalgan. Erkagining uzunligi 4,9— 6,4 millimetr, urg’ochisi 4,8— 8,4 millimetr. Qizg’ishqo’ng’ir (lichinkasi och sariq). Og’iz organlari sanchib so’ruvchi. Qanotlari ikkilamchi marta yo’qolib ketgan. Odam va issiq qonli hayvonlar ektoparaziti. Qon bilan oziqlanadi. To’shak qandalasi chaqib, odamni bezovta qilali; teri qattiq qichiydi. Xonadonlar, tovuqxonalar, vivariylar, ba’zan qushlar va ko’rshapalaklar uyasida, kemiruvchilar inida yashaydi. Kechasi faol. Tez ko’payadi. Uzoq vaqt (bir necha oygacha) ochlikka chidaydi; oson tarqaladi. Urg’ochi To’shak qandalasi sutkada 12 tagacha, yilda bir necha yuzta tuxum qo’yadi. Tuxumlari bir necha kundan 1 oygacha rivojlanadi. Lichinkasi rivojlanish davomida (4— 8 hafta) 5 yoshni o’tadi. Har bir yoshda bir marta tullaydi. Tullashdan oldin lichinka qonga to’yib oladi. Voyaga yetgan To’shak qandalasi 14 oygacha yashaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish