TO’RQOVOQ — sayroqi qushlar boqiladigan qafasning bir turi. Suvqovoqning ost qismi yoki yupqa fanerdan doira shaklida taglik yasalib, uning gardishiga ip to’r to’qiladi va To’rqovoqning og’zini berkitadigan surma ip o’tkaziladi. Gardishda suvdon uchun teshikcha ochiladi. To’r tarang turishi uchun metall sim yoki yog’ochdan yelka, To’rqovoqni osib qo’yish uchun ilgak o’rnatiladi. To’rqovoqga qush solinganidan keyin to’r og’zi surma ip tortib maxdam bog’lanadi. To’rqovoqda, asosan, sayroqi bedanalar saqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish