TO’RQANOTLILAR (Neuroptera) to’la o’zgarish bn rivojlanuvchi hasharotlarning turkumi. 500 ga yaqin turi ma’lum. Asosan, tropik mamlakatlarda ko’p tarqalgan. Tanasining uzunligi 2-20 millimetr, qanotlari yozilganda 6-75 millimetr. 4 ta pardali qanotida tomirlari to’rsimon joylashgan (nomi shundan). Katta yoshdagilarinint og’iz apparati kemiruvchi tipda, lichinkalari sanchib so’ruvchi. Yetuk hasharotlar quruqlikda yashaydi. Lichinkalari suv qirg’og’ida, o’simliklarda (tillako’zlar), kanallar va cherveslar koloniyasida, chuchuk suv bulutlarida rivojlanadi. To’rqanotlilar yirtqich; hasharotlar va boshqa bo’g’imoyoqlilar bn ovqatlanadi. Lichinkalari tutgan o’ljasini jag’lari bn tishlab yaralaydi va shu yara orqali hazm shirasini yuboradi, tayyor suyuq mahsulotni so’radi. Zararkunandalarni yeb, foyda keltiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish