TORON
TORON (Polyganum coriarium Grig.) — torondoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Ildizi yo’g’on, baquvvat, poyasi sershox. Guli oq, yirik to’pgulda joylashgan. Oshlovchi moddalar olinadigan eng yaxshi o’simlik. Ildizida ko’n sanoatida ishlatiladigan tannin bor. Toron tog’lar (Jung’oriya Olatovi, Tyanshan, Pomir-Olay) da dengiz yuzasidan 1400— 2800 metr balandlikda o’sadi. Ekilmaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz