TO’RG’AYLAR



TO’RG’AYLAR (Alaudidae) — chumchuqsimonlar turkumi oilasi. 15 urug’ga mansub 78 turi ma’lum. Asosan, Afrika, Osiyo, Yevropada tarqalgan. Amerikada 1 turi va Avstraliyada 2 turi uchraydi. Ayrim turlari ikqlimlashtirilgan. Tanasining uzunligi 110-230 millimetr, og’irligi 1570 gramm. To’rg’aylar ochiq yerlarda — dala, cho’l, sahro, ba’zan o’rmon va yalangliklarda yashaydi. Uyasini yerga qo’yadi. Odatda, 4-6 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini faqat modasi 12-16 kun bosadi. Ikkala jins 10-11 kun bolalarini uyasida, 8-10 kun uyadan tashqarida oziqlantiradi. O’simlik urug’lari va hasharotlarni yeydi. Ko’payish davri tamom bo’lgandan so’ng guruhlarga birlashadi. Shimolda yashovchi To’rg’aylar qishda Janubga, tog’dagilari vodiyga ko’chib o’tadi. O’zbekistonda dala to’rg’ayi, so’fito’rg’ay, Qoraqosh To’rg’aylar, kichik To’rg’aylar, hind to’rg’ayi, jo’r va boshqalar uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz