TO’RA MURODTO’RA MINORASI – Xivadagi me’moriy yodgorlik (1888). Ichan qal’a tarkibidagi To’ra Murodto’ra masjidi (saklanmagan) minorasi. Minora balandligi 9 metr, diametri 3,2 metr; unga shimoldan kiriladi. Tanasi yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Yuqori qafasasi 4 ravoqli, 2 qatorli g’ishtin sharafa bilan tugallangan. Pishiq g’isht (27×4 — 28×5 santimetr) qatorlari oralig’iga moviy rangli sirlangan koshin bandak uslubida o’rnatilgan. Ichidagi zina (eni 60 santimetr) orqali yuqoriga chiqiladi. Xivaning 2500 yilligi munosabati bn To’ra Murodto’ra minorasi ta’mirlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish