TO’QAY MUSHUGI



TO’QAY MUSHUGI (Felis chaus) Mushuklar urug’iga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Uzunligi 54— 94 santimetr, dumi 30 santimetrcha. Shimoliy Sharqiy Afrika, G’arbiy va Janubiy Sharqiy Osiyo vodiylaridagi chakalakzorlarda yashaydi. Volga deltasi, O’rta Osiyo Daryo vodiylari (Sirdaryo va Chu), Kaspiy dengizining g’arbiy qirg’og’ida, to’qaylarda (nomi shundan), qamishlar va butalar orasida uchraydi. Ovlanadigan ba’zi hayvonlar va qushlarni yeb, zarar keltiradi. Quloqlari uchida kalta tutam yungi bor. Sidirg’a sariqkulrang tusda, tanasining osti ochiqroq rangda. Mo’ynasi past sifatli. O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz