TO’QAY



TO’QAY — 1) qamish bosib yotgan botqoq yer; 2) Daryo bo’yidagi qalin changalzor o’rmon. Suv serob, mikroiqlimi atrofdan namroq va yumshoqroq bo’lganidan o’simlik hamda hayvonot dunyosi o’ziga xos bo’ladi. Tuprog’i allyuvial, gidromorf tuproq. To’qayda daraxtlar bilan birga butalar, o’tlar ham qalin o’sadi. O’rta Osiyo To’qaylarida terak, zarang, tol, yulg’un, jiyda, jing’il, turang’il, qamish ko’p o’sadi. Hayvonot dunyosi — to’ng’iz, kiyik, chiyabo’ri, to’qay mushugi, tustovuq va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz