TO’PCHI QO’NG’IZLAR



TO’PCHI QO’NG’IZLAR (Brachininae) toshqollar oilasiga mansub qo’ng’izlar kenja oilasi. Tanasining uzunligi 5-20 millimetr, rangi yaltiroq yoki chipor. 500 dan ko’proq turi bor. O’zbekistonda 10 ga yaqin turi uchraydi. Qurtlari boshqa hasharotlar tanasida parazit. To’pchi qo’ng’izlar xavf tug’ilganda anal teshigidan suyuq modda otib chiqaradi. Suyuqlik havo bilan aralashganda qirsillagan ovoz chiqaradi (nomi shundan). Ovoz va sassiq tutun To’pchi qo’ng’izlarni dushmandan himoya qiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz