TO’P



TO’P (sportda) — sport o’yinlarmning ko’p turlarida qo’llanadigan, odatda, shar shaklidagi buyum. Futbol, voleybol, basketbol va regbi o’yinlarida qo’llaniladigan To’plar havo bilan to’ldiriladi; koptokli xokkey, chim ustida xokkey o’yinlaridagi To’plar esa turli materiallardan tig’iz qilib ishlanadi va ustki qismi sintetik material yoki charm bn qoplangan bo’ladi. Ayrim o’yinlarda qo’llanadigan To’plarning rangi qat’iy qilib belgilangan (masalan, voleybol uchun To’p oq, basketbol uchun to’q sariq rangda bo’lishi lozim). Futbol, voleybol, qo’l to’pi, suv polosi To’plari qobig’i 18 yoki 32 pallacha qilib tayyorlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz