TOLQON



TOLQON — 1) ovqat turi. Tolqon qo’qonjo’xori, makkajo’xori, bug’doy, oqishoq, qotgan non, meva qoqilaridan tayyorlanadi. Tayyorlash usuli: qovurilgan don, quritilgan non yoki meva qoqilar o’g’ir yoki hovonchada tuyiladi, so’ngra elab olinadi; zarur hollarda shakar qo’shib iste’mol qilinadi. To’qtutar va parhez mahsulot; 2) umuman tuyilgan narsa, kukun.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi



Uzpedia.uz