Толебийский район
Toʻlebiy tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubi-sharqida joylashgan. Maydoni 3,1 ming km (viloyatning 2,6 %). 1932-yili tashkil topgan, 1991-yilgacha Lenger tumani deb nomlanib keldi. Aholisi 132,856 kishi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Lenger shahri.
Aholisi
Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 132,856 kishini tashkil qildi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 42,1 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholisining asosiy qismini qozoqlar — 69,7 % tashkil qiladi, shuningdek oʻzbeklar — 13,8 %, ruslar — 6,4 %, turklar — 3,0 %, ozarbayjonlar — 2,1 %, boshqalari-5 %.
Milliy tarkibi
2022-yil 1-yanvar oyidagi statistikaga koʻra tuman aholisi 120 598 kishi tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:
Katta qishloqlari
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-9 °C, iyulda 24°-26 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori gʻarbiy qismida 450 mm, sharqiy qismida 650 mm.
Manbalar
uz.wikipedia.org