Tohir Malik



Adabiy tahallusi Tohir Malikning ismi sharifi Tohir Abdumalikovich Xabilov, asli toshkentlik, 1946 yil 27 dekabrda harbiychi oilasila tavallud topgan. 1963 yil ToshDU jurnaliktika fakultetining tungi o‘qish talabasi. Keyinroq qurilishda ishlagan. 1966 yildan u respublika radiosida, gazeta, jurnallar, nashriyotganda, O‘zbekiston Yozuchilar uyushmasida ishlagan. “Sharq” nashriyot-matbaasida faoliyat yuritgan.

Toxir Malik 20 dan ziyod fantastik, ilmiy-fantastik, realistik, hujjatli qissalar muallifi bo‘lib, ular 200 ga yaqin bosma sahifalar va milliondan ziyod adadga ega. U ko‘plab hikoyalar yozgan.

Adabiy jamoa orasida keng shov-shuvga sabab bo‘lgan “Shaytanat” (1992-2001) asarining muallifi.

Uning qalamig Somon yo‘li elchilari (1976) asari, "Zaharli g‘ubor" (1978), "Somon yo‘li elchilari" (1979), "Chorrahada qolgan odamlar" (1985), "Qaldirg‘och" (1987 - Lastochka), "Bir ko‘cha, bir kecha" (1988), "Alvido, bolalik!" (1989 - Proshay, detstvo), "So‘ngi o‘q" (Poslednyaya pulya - 1990), Myortvie ne govoryat (1999), Oxota za chelovekom (2001), Chuvstva-gosti (2002), "Iblis devori" (2006), "O‘lim uchburchagi" (2006), "Tilla kalamush" (2007), "Eng kichik jinoyat" (2008), "Odamiylik mulki" (2008), "Jinoyatning uzun yo‘li" (Dlinniy put prestupleniya - 2008), "Mehmon tuyg‘ular" (2008), "Murdalar gapirmaydilar" (2008), "Ushlang o‘g‘rini!" (2009), "Kelinlar daftariga" (2010), "Voy onajonim" (2010), "Xalol nima-yu, xarom nima?" (2010), Shaytanat (Mir mafii) (1994-2001) va boshqalar tegishli.

2002 yil O‘zbekistonning sobiq Prezindenti Farmoni bilan Tohir Malik “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni bilan taqdirlangan.

Manba: arboblar.uz


Uzpedia.uz