Tổng tuyển cử Thái Lan, 2011
Taylanddagi 2011-yilgi
parlament saylovi 2011-yil 3-iyulda, yakshanba kuni boʻlib oʻtdi. Bu saylovni 2010-yil 14-noyabrida oʻtkazishmoqchi edi, biroq turli sabablarga koʻra sana oʻzgartirildi. Bosh vazir Abhisit Vejjajiva saylovni uning muxolifi Taksin Chinnavat tarafdorlari yuzaga keltirgan 2010-yilgi Tayland tartibsizliklari tufayli oʻtkazishga qaror qildi. Muxolifat taklifga koʻndi, biroq parlament tarqatilishini ham talab qildi.
Saylovda 66 % fuqaro qatnashdi, unda populist Tay Uchun partiyasi 265 ta oʻringa sohib chiqdi, partiya rahbari Yinglak Chinnavat esa Tayland tarixidagi birinchi ayol bosh vazir boʻldi. Demokratlar esa 159 oʻrin yigʻib, eng yirik muxolif partiya boʻlishdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org