Tōmi (Nagano)




Tōmi (yaponcha: 東御市 Tōmi-shi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahar.1-iyun, 2019-yil(2019-06-01) holatiga koʻra, shaharda taxminiy aholi 12,068 ta xonadonda 29,440 kishidan iborat edi, va aholi zichligi 1 km² ga 262 kishini tashkil etgan. Shaharning umumiy maydoni 112.37 square kilometre (43.39 mi²) ga teng.

Geografiyasi



Tōmi Nagano prefekturasining sharqiy-markazida, dengiz sathidan 500 dan 1000 metrgacha balandlikda joylashgan. Shahar shimolda Joshinetsu Kogen milliy bogʻi, janubda Tateshina va Yatsugatake togʻlari bilan oʻralgan. Chikuma daryosi shaharni ikki qismga ajratadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar




Iqlimi



Balandligi tufayli shahar issiq va nam yoz hamda sovuq, juda qorli qish (Köppen Dwb) bilan ajralib turadigan iqlimga ega. Tōmida oʻrtacha yillik harorat 9.5 °C (49.1 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,013.2 mm (39.89 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 21.8 °C (71.2 °F) atrofida va eng pastharorati yanvarda, taxminan −2.6 °C (27.3 °F) boʻladi.

Tarixi



Tōmi sobiq Shinano provinsiyasida joylashgan va Hokkoku Kaidoda bir qator pochta stansiyalari sifatida rivojlangan. Zamonaviy Tōmi shahri 2004-yil 1-aprelda Kitamimaki qishlogʻi (-Kitasaku tumanidan) va Tōbu shaharchasining (Chisagata tumanidan) qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Tōmi aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib kelmoqda.

Hukumat



Tōmi shahri toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 17 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.

Iqtisodiyoti



Tōmi mintaqaviy savdo markazi hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligining mashhur mahsulotlariga sholi, yongʻoq va uzum kabilar kiradi. 2 va 4 gʻildirakli avtomobillar uchun tormoz tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Nissin Kogyo avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bosh qarorgohi shahar hududida joylashgan.

Taʼlim tizimi



Tōmi shahrida toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud. Ilgari shaharda Braziliya maktabi, Colégio Pitagoras-Brasil faoliyat yuritgan. U Minovaga koʻchiribb oʻtkazildi va nomi Nagano Nippaku Gakuenga oʻzgartirildi.

Transporti



Temir yoʻl




Magistral yoʻl




Xalqaro munosabatlar




Mahalliy diqqatga sazovor joylar




Taniqli odamlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz