TIVITXO’RLAR, yungxo’rlar (Trichodectidae) — parxo’rlar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Uzunligi 10 millimetrgacha. Qanotsiz tanasi qora qalin qobiqqa o’ralgan. 200 dan, jumladan, O’zbekistonda 10 dan ortiq turi bor. Sut emizuvchilar yungida parazitlik qiladi. Terini muguz qismi bilan oziqlanib jarohatlaydi. Ayrim turlari (masalan, it Tivitxo’rlari, mushuk Tivitxo’rlari) muayyan hayvonda parazitlik qilishga moslashgan. Tivitxo’rlar — tasmasimon chuvalchanglar oraliq xo’jayini.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish