Twitter
Twitter (talaffuzi:
Tvitter ) — onlayn ijtimoiy-axborot xizmati. Twitter qoʻllanuvchilariga 140 ta harf qoʻllanishga imkoniyat beradi. Shu kunlarda Twitter dunyodagi eng muhim ijtimoiy-axborot tarmogʻiga aylanib ulgurgan. Twitter maʼlumot almashishda eng operativ qurollardan biri boʻlganligi uchun bu sohada u katta inqilobga sabab boʻldi. Shu bois ham bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy va ijtimoiy oʻzgarishlarga Twitter katta rol oʻynamoqda.
Sayt tarixi
Twitter 2006-yil mart oyida Jek Dorsey tarafidan yaratilgan. Jek Dorsey ushbu mikroblog orqali oʻzining ilk xabarini yoʻllagan edi. Dorseyning 2006-yilning 21-martida San-Fransiskodagi hamkasblariga joʻnatgan ushbu xabari qisqagina „Hamkasblarga taklif“ jumlasidan tashkil topgan edi. Keyingi uch yil ichida Twitter orqali joʻnatilgan tvitlar — 140 belgigacha boʻlgan xabarlar soni 1 milliardga yetdi.
Tender (ing . tend — xizmat koʻrsatish) — 1) ochiq turdagi (ochiq T.) yoki cheklangan sondagi ishtirokchilar uchun yopiq turdagi (yopiq T.) raqobatli savdosotiq; buyurtmani joylashtirishning tanlov shakli; 2) qimmatli qogʻozlarga obuna boʻlish, muddatli shartnoma boʻyicha tovarlar yetkazib berish, shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi ariza, yozma taklif; 3) xalqaro bozorda mashinauskunalar xarid etish, qurilishmontaj ishlarini bajarish, injiniring xizmatlari koʻrsatish uchun tanlov asosida buyurtmalar berish. Oʻzbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarini shakllantirishda va rivojlantirishda T. keng qoʻllaniladi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalar aksiyalarining yirik paketlarini sotishda, katta qurilish ishlarini olib borishda, xalqaro loyihalarini amalga oshirishda T. eʼlon qilinadi. Savdoni tashkil etish uchun vaqtinchalik organ boʻlgan T. qoʻmitasi tuziladi.
Twitter va Elon Musk
Twitter'ni sotib olgach, Ilon Mask unda ko'plab sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirdi, biroq ularning hammasi ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yoqmadi va ular Twitter muqobillarini qidira boshladilar. Natijada Mastodon kabi boshqa platformalar ancha ommalashdi. Hozir ham Twitter obunachilarini yo'qotishda davom etar ekan, uning o'rnini egallash uchun xuddi shunday mikroblogging platformalar ishlab chiqilmoqda: biri sobiq Twitter rahbari, Jek Dorsi tomonidan yaratilayotgan BlueSky bo'lsa, yana biri ijtimoiy tarmoqlar giganti, Meta tomonidan tayyorlanayotgan yangi ilova bo'ladi.
Twitter kompaniyasi taniqli tadbirkor Elon Musk tomonidan Twitter kompaniyasi 44 milliard dollar evaziga xarid qilindi. 2022 - yilning 25- aprel kuni Twitter boshqaruv kengashi Muskning taklifini qabul qilishgan. Kelishuv amalga oshishidan ikki xafta oldin Elon kompaniya mutasaddilariga murojoat qilib, kompaniyaning ulkan salohiyati borligi va uni ro'yobga chiqarishga qodirligiga ularni ishontira olgan. Kelishuvning dastlabki boqichida Elon tomonidan kompaniyaning 9,2% aksiyalari sotib olinadi. Keyinchalik u o'zini kompaniya boshqaruvida qatnashishini taklif etadi. Lekin ushbu taklif kompaniya mutasaddilari tomonidan rad etiladi. Aprel oyining o'rtalarida Twitter kompaniyasi Muskni aksiyalar bilan bog'liq firibgarlikda ayblab sudga beradi. Bir hafta muqaddam istiqboli noaniq bo‘lib turgan kelishuv o‘tgan hafta oxirida, Mask kompaniya aksiyadorlarini chaqirib, ular bilan bitimning moliyaviy tafsilotlarini bo‘lishganidan keyin tezlashib ketadi. Aksiyadorlar bosimi ostida qolgan Twitter har bir aksiya uchun 54,20 dollar taklif qilgan Mask bilan muzokaralarga kirishdi. Bu haqda xabarlar paydo bo‘lganida birjada Twitter aksiyasi bahosi 6 % ko‘tariladi. Hozirgi kelishuv Musk 9 foiz aksiyani sotib olganini e’lon qilgan kundagidan 40 foiz qimmatroqqa tuzildi. Shu bilan birga bu o‘tgan yili Twitter belgilagan va savdolashgan 70 dollarlik narxdan ancha past. Endi Twitter kompaniyasi rahbariyati aksiyadorlardan kelishuvni ma’qullash uchun ovoz berishni so‘raydi. Xarid qilish bosqichi yakunlangach, kompaniya boshqaruvida sezirarli o'zgarishlar ro'y berdi. Jumladan Musk kompaniyaning 50% hodimlarini ishdan bo'shatib yubordi. Vaziyatga BMT bosh kommisari ham aralashishga majbur bo'lib, ommaviy ishdan bo'shatish inson huqularini toptalishi ekanligini takidlab o'tdi.
Brending
Twitter dunyo miqyosida oʻzining qush logotipi bilan ajralib turadi. Oddiygina Twitter so'zi bo'lgan original logotip 2006-yil mart oyida ishga tushirilgandan beri qo'llanilib keladi. Qush tasviri hamroh bo'lgan bu logotip, keyinchalik ingliz grafik dizayneri Saymon Oksli tomonidan yaratilgan klip-art asari ekanligi aniqlangan. Yangi logotip twitter asoschisi Biz Stone tomonidan dizayner Philip Pascuzzo yordami bilan 2009 yilda multfilmga o'xshash qush paydo bo'ldi. Va bu versiya basketbol oʻyinchisi Larry Bird nomiga „Larry the Bird“ deb nomlandi.
Bir yil ichida „Larry the Bird“ logotipi Stoun va Paskuzzo tomonidan multfilm xususiyatlarini yo'q qilish uchun qayta ishlab chiqildi va 2010-yildan 2012-yilgacha foydalanilgan „Larry the Bird“ning mustahkam siluetini qoldirdi. 2012-yilda Duglas Bowman „Larry the Bird“ning yanada soddalashtirilgan versiyasini yaratdi, u qattiq siluetni saqlab qoldi, lekin uni togʻ koʻk qushiga o'xshash qildi. Ushbu yangi logotip oddiygina „Twitter bird“ deb nomlangan va o'shandan beri kompaniyaning brendi sifatida foydalanilmoqda.
2023 yil 3-aprelda logotipi o'zgardi. "Twitter bird" o'rniga dogecoin logotipi veb saytida ko'rinish berdi.
Statistika
Katta obunachilarga ega boʻlgan sahifalar
19-noyabr, 2022-yil(2022-11-19) holatiga koʻra, Twitterdagi eng koʻp obunachiga ega sahifalar:
Eng koʻp qayta tweet qilingan tweetlar
Quyida Twitterda eng koʻp qayta tweet qilingan 10ta tweetlar berilgan:
Notes
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org