TINBERGEN (TINBERGEN) NIKOLAS



TINBERGEN (TINBERGEN) NIKOLAS (1907.15.4, Gaaga 1988.21.12) Gollandiya angliyalik zoopsixolog va etolog. Leyden universiteti biologiya bo’limida o’qigan. Leyden va Oksford universitetlari, Volfson kollejida (professor, 1966) ishlagan (1949 yildan). Ilmiy izlanishlari asalarilar, Arktika qushlari va sut emizuvchilarning xattiharakat instinktlari, ularning onto va filogenezdagi rivojlanishiga, etologiyata bag’ishlangan. Individual va ijtimoiy yurishturishning tuzilishi va shakllanishi bilan bog’liq kashfiyotlar qilgan. Nobel mukofoti laureati (K. fon Frish va K. Lorents bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz