TIMOFEYEVA NINA IVANOVNA
TIMOFEYEVA NINA IVANOVNA (1910.16.1, Smolensk 1982.16.1, Toshkent) — aktrisa, rejissyor, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1969). Leningraddagi sahna san’ati institutini tugatgan (1932). 1931-37 yillar Rossiyaning turli teatrlarida, 1937-47 yillar Toshkent rus yosh tomoshabinlar teatrida aktrisa, 1947 yildan Toshkent teatr va rassomlik san’ati intida aktyorlik mahoratidan dars bergan (1970 yildan dotsent). Liza (“Aqllilik balosi”), Mariya Antonovna (“Revizor”), Pelageya Yegorovna (“kambag’allik ayb emas”), devona (“Shahzoda va devona”), Varya (“isyon”) kabi rollarni ijro etgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz