TEZLIKLAR QUTISI – mexanizmlarda yetakchi valning aylanishlar soni (tezligi) o’zgarmagani holda etaklanuvchi valning aylanishlar sonini pog’onali tarzda o’zgartirib beradigan mexanizm. Ishi yetakchi val bilan etaklanuvchi val orasidagi uzatish nisbatini shesternyalar (tishli g’ildiraklar) yordamida o’zgartirishga asoslangan. Shuning uchun Tezliklar qutisi uzatmalar qutisi deb ham ataladi. Tezliklar qutisi alohida korpus (kugi) yoki boshqa mexanizmlar bilan bir umumiy korpusga joylashtirilgan tishli uzatmalardan iborat. Metall kesish stanoklarida, avtomobil va boshqa transport vositalarida ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish