TEYLER (Theiler) Maks (1899.30.1 1972.11.8) — Janubiy Afrika vrachi va mikrobiologi. 1922 yildan AQSh da. Tibbiyotni Keyptaun universitetida o’qib (1917-18), 1922 yilda Londonda tugatgan. 1957 yildan Rokfeller fondi (NyuYork) qoshidagi sog’liqni saqlash va xalqaro tibbiyot bo’limi laboratoriya rahbari, ayni vaqtda (1964 yildan) Yelsk unti tibbiyot maktabida professor. Ilmiy faoliyati infektsion kasalliklarni o’rganishga doir. Sariq isitma qo’zg’atuvchisini aniqlagan va shu kasallikka karshi odamlarni emlash uchun 2 ta vaktsina kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1951).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish