TEXNOPARK



TEXNOPARK, texnologik Park — fan, ta’lim va ishlab chikarishni ilmiy tashkilotlar, loyihakonstruktorlik byurolari, o’quv yurtlari, ishlab chikarish korxonalari birlashmasi ko’rinishida hududiy uyushtirish shakli. Texnopark yuqori malakali mutaxassislarning bir joyga to’planishi natijasida ilmiy-texnika va texnikatexnologiya ishlanmalarini yaratish va ularni qo’llashni jadallashtirish maqsadlarida tashkil etiladi. Rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Ko’pincha soliq imtiyozlariga ega bo’ladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz