TESO



TESO (o’zlarini Teso deb atashadi) — nilotlar guruhiga mansub Ugandadagi xalq (1,55 million kishi, 1990-yillar o’rtalari). Shuningdek, qo’shni Keniya (270 ming kishi) va Sudan (100 ming kishi)da ham yashaydi. Teso tilida so’zlashadi. Aksariyati an’anaviy diniy e’tiqodlarga sig’inadi, xristianlar ham bor. O’tmishda Tesolar ko’chmanchi chorvador bo’lganlar, hozirgi ko’pchiligi o’troq dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg’ul.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz