TESHENIT



TESHENIT (Chexiyadagi Teshen shahri nomidan) — ishqorli gabbroidlar guruhiga mansub magmatik tog’ jinsi; chiroyli qoplama tosh. Tarkibi, asosan, plagioklaz, avgit va analtsimdan iborat; shuningdek, shox aldamchisi, tseolit, ikkilamchi minerallardan — apatit, magnetit va boshqalar ham mavjud. Odatda, diabaz strukturali; kichikroq gipabissal massivlar va sill (intruziv uyum)lar hosil qiladi. Texnopolis Kavkaz va Janubiy Sibirda keng tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz