TERMODINAMIK TEMPERATURA SHKALASI — termometrik moddaning xossalariga bog’liq bo’lmagan mutlaq temperatura shkalasi. U. Kelvin 1848 yilda taklif etgan. Bu shkalani Kelvin shkalasi deb ham ataladi. Sovitkichga berilgan issiklik miqdori Qc ning isitkichdan olingan issiqlik mikdori Qu ga nisbati sovitkich temperaturasi g ning isitkich temperaturasi Ti ga nisbatiga teng. Termodinamik temperatura shkalasining yasalishi termodinamikaning 2-bosh qonuniga va, xususan, Karno tsikli f. i. k.ning ish jismi tabiatiga bog’liq emasligiga asoslangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish