Tennisni kim ixtiro qilgan?



Tennis qadimiy tarixga egadir. Uning o’tmishdoshi, aftidan, yunonlarda va rimliklarda mavjud bo’lgan keyinchalik fransuzlarnikiga aylangan o’yin bo’lgan. “Tennis” so’zi, tabiiyki, frantsuzcha “Tennaz!”, ya’ni “O’ynang” ma’nosini anglatuvchi xitobdan kelib chiqqan. XIII, XIV va XV asrlarda butun Fransiya bo’ylab bu o’yinga qiziqishar va u hatto qirollar o’yini deb atalgan edi, chunki deyarli barcha qirollar va ularning a’yonlari muntazam tennis o’ynashar, hattoki, kortlarga qarab turuvchi maxsus odamlar shtati ham bo’lgan. 1529 yilda esa qirol Genrix VIII hozir ham foydalaniladigan tennis kortini qurdiradi. Bugun tennis — butun dunyodagi eng obro’li va eng ommaviy sport turidir.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz